Main fundraiser photo

Gift of HearingИродагаЁрдамБерамиз

Donation protected
See below for english

Hech e’tibor berganmisiz qariyalarimiz qo‘lini duoga ochar ekan yetti muchang sog‘ salomat bo‘lsin deya duo qiladi. Bu bejizga emas albatta inson sog‘ligi har qanday boylikdan ustun turadi. Bugun yozmoqchi bo‘lganimiz 7 yoshida eshitish baxtidan mosuvo bo‘lgan inson haqida.

Iroda Umarova 31 yoshda, 2-guruh nogironi, uy bekasi va bir farzandning onasi. Iroda 7 yoshida qattiq gripp sababli kuchli antibiotiklar yordamida davolanishga majbur bo‘ladi va antibiotiklar ta’sirida quloqlari eshitmay qoladi.

Irodaning bormagan kasalxonasi, murojaat qilmagan shifokori qolmadi, ammo natijadan darak yo‘q edi. O‘n gulidan bir guli ochilmagan qizaloqqa nogironlik tamg‘asi bosildi. Nogiron bo‘lishiga qaramasdan o‘z ismiga monand irodali ekanligini ko‘rsatdi, o‘qidi ulg‘aydi va hattoki bakalavrlik diplomiga ham ega bo‘ldi.

Taqdir ekan, yor-yor sadolarini eshitmasdan turmush qurdi, farzandi dunyoga kelgach olamni larzaga keltirib yig‘ladi. Chaqaloq yig‘isidan hamma shodon hamma xursand, ammo mana shu yig‘i ovozini eshitish ham mushtipar onagagina nasib qilmadi xolos. Ulg‘ayib borayotgan bolakay onasi bilan to‘yib-to‘yib suhbatlashgisi, bugun bog‘cha opasi uni qanday maqtaganini, boshqalarga uning tarbiyasini o‘rnak qilib ko‘rsatganini maqtanib aytib bergisi keladiyu, ammo bola ham onasining quloqlari eshitmasligini bilib indamay qo‘yaqoladi. Murg‘ak bola balkim onasini yarasini yangilamaslik sababli bo‘lsa kerak o‘z onasi bilan kamroq gaplashishga harakat qiladi kezi kelsa onasi bilan suhbatdan o‘zini olib qochadi.

Bugun meditsina bu kasallikni davolashga qodir. Faqat quloqlarga maxsus "koxlear imlanti" o‘rnatish kerak. Hindiston, Rossiya va AQShda davolanib kelishga Irodaning sharoiti to‘g‘ri kelmadi. Ammo bugun yurtimizda Avstriyalik shifokorlar mazkur operatsiyani amalga oshirishi mumkin. Moddiy tomondan bir oz qiynalib turgan Iroda Umarova bugun yaxshi insonlar ko‘magiga muhtoj.

O‘z yordamingizni ayamang yaxshi insonlar. Irodaxonga farzandini "ona", "onam" degan gaplarini eshtish baxtiga erishishiga birgalikda yordam qilaylik.

____________________________________________________________

Gift of Hearing:

At the age of 7, due to an illness she experienced, Iroda Umarova was put on strong IV medications. As a side effect from these meds, Iroda lost her hearing in both ears. But life went on. She obtained a Bachelors degree, got married and had a child. Now, with the help of modern medicine (and an Austrian doctor in Uzbekistan), she is able to get her hearing back. Her family was able to come up with $7k, but in order to have the Cochlear Implant surgery she needs $15k total.

She is currently 31 years old and a mother to a beautiful boy. Lets all help Iroda in giving her the gift of hearing, so that she may hear the beautiful voice of her son calling out to his MOM. Every little bit helps, so please take a moment to share this on Facebook or by email. Your support is deeply and sincerely appreciated. Thank you.

Organizer

Shaxriyor Amonov
Organizer
Brooklyn, NY

Your easy, powerful, and trusted home for help

  • Easy

    Donate quickly and easily.

  • Powerful

    Send help right to the people and causes you care about.

  • Trusted

    Your donation is protected by the  GoFundMe Giving Guarantee.